09:09 / 03.05.2023
233

Paxta yog‘ining narxi pasaydi: O‘zbekiston birjasida o‘tgan haftadagi vaziyat qanday bo‘ldi?

Paxta yog‘ining narxi pasaydi: O‘zbekiston birjasida o‘tgan haftadagi vaziyat qanday bo‘ldi?
O‘tgan hafta davomida, ya’ni 24—30 aprel kunlari O‘zbekiston tovar-xom ashyo birjasining barcha savdo platformalarida 2,5 trln so‘mlik tovarlar sotilgan bo‘lib, bu avvalgi haftaga nisbatan 27 foizga ko‘pdir. Bu haqda birja matbuot xizmati xabar berdi.
 
Bunda tuzilgan bitimlarning qariyb 80,5 foizi birja savdolariga, qolgan 19,5 foiz qismi esa elektron tijorat savdo tizimlariga to‘g‘ri keldi.
 
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari ishtirokida tuzilgan bitimlarning umumiy hajmi 624,3 mlrd so‘mni tashkil qildi. Davlat xaridlari tizimlarida o‘tkazilgan elektron savdolar natijasida budjet va korporativ buyurtmachilarining qariyb 108 mlrd so‘mlik mablag‘lari tejaldi.
 
Ko‘rib chiqilayotgan davr mobaynida onlayn auksion orqali 2 138 ta avtoraqamlar sotildi, sotilgan davlat raqam belgilarining umumiy summasi 13,8 mlrd so‘mni tashkil qildi.
 
Birja savdolari
 
Ko‘rib chiqilayotgan davrda ochiq birja savdolari orqali jami 2 trln so‘mlik tovar resurslari sotildi, shu jumladan:
 
Sement
 
O‘tgan hafta mobaynida birja savdolarida 70 366 tonna sement sotildi. O‘rtacha kunlik sotuv hajmlari 20,9 ming tonnani tashkil qildi.
 
Ko‘rib chiqilayotgan davrda sementning barcha markalari bo‘yicha shakllangan kunlik o‘rtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 655,5 ming so‘mdan 639,2 ming so‘mgacha pasaydi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 190 ta xaridor ishtirok etdi.
 
Ko‘mir
 
O‘tgan hafta mobaynida birja savdolariga 12 951 tonna ko‘mir qo‘yildi va undan 817 tonnasi, ya’ni 36,9 foiz qismi sotildi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 2 ta xaridor ishtirok etdi.
 
Ko‘rib chiqilayotgan davrda ko‘mirning o‘rtacha kunlik narxi mahsulotning bir tonnasi uchun 371,0 ming so‘mdan 332,8 ming so‘mgacha pasaydi.
 
Paxta yog‘i
 
O‘tgan haftada birja savdolarida 1 812 tonna paxta yog‘i sotildi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 54 ta xaridor ishtirok etdi.
 
Ko‘rib chiqilayotgan davrda barcha navli paxta yog‘ining kunlik o‘rtacha narxlari mahsulotning bir tonnasi uchun 14,2 mln so‘mdan 12,9 mln so‘mgacha pasaydi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Paxta yog‘ining narxi pasaydi: O‘zbekiston birjasida o‘tgan haftadagi vaziyat qanday bo‘ldi?