205
Jismoniy shaxslar tomonidan ishlab chiqarilgan elektr uchun to‘lov 10 ish kunida amalga oshiriladi
Hukumat qarori bilan jismoniy shaxslar va tadbirkorlik subyektlari tomonidan qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalangan holda ishlab chiqarilgan elektr energiyasining o‘z ehtiyojidan ortiqcha qismini sotish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Unga ko‘ra, elektr energiyasi oldi-sotdi shartnomasi asosida sotiladi.
Bunda:
- jismoniy va yuridik shaxslar o‘z ehtiyoji uchun o‘rnatgan quvvati 1 MVtgacha quyosh, shamol va biogaz elektr stansiyalarida ishlab chiqarilgan elektrning o‘z ehtiyojidan ortiqchasi «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ tomonidan sotib olinadi;
- elektr energiyasini ishlab chikaruvchi o‘zi foydalanishi uchun hosil qilingan elektr energiyasini boshqa jismoniy va yuridik shahslarga o‘z elektr tarmoqlari orqali sotishi mumkin;
- elektr energiyasini ishlab chiqaruvchining o‘z elektr tarmoqlari mavjud bo‘lmagan holatlarda «Xududiy elektr tarmoqlari» AJ tarmog‘idan tranzit xizmatlari uchun idoralararo tarif komissiyasi hujjatlarida belgilangan tarif asosida to‘lovlarni amalga oshirgan holda boshqa jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazib beriladi.
Yetkazib berilgan elektr energiyasi uchun to‘lovlar hisob-kitob oyidan keyingi oyning 25-sanasiga qadar:
- «Quyoshli xonadon» dasturi doirasida jismoniy shaxslarga tegishli obyektlarda o‘rnatilgan quyosh panellarida ishlab chiqarilgan va o‘z iste’molidan orttirib yagona elektr energetika tizimiga uzatilgan elektr energiyasining har bir kilovatt-soatiga (ijobiy tafovut) Davlat budjetidan 1000 so‘m subsidiya ajratiladi («Soliq» mobil ilovasi orkali);
- jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan o‘z extiyoji uchun o‘rnatiladigan quvvati 1 MVtgacha bo‘lgan quyosh, shamol va biogaz elektr stansiyalarida ishlab chiqarilgan va o‘z iste’molidan orttirib yagona elektr energetika tizimiga uzatilgan elektr energiyasining har bir kilovatt-soatiga (kafolatlangan tarzda II tarif guruhi iste’molchilari uchun belgilangan tarifning 80 foizi miqdorida) «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ tomonidan to‘lab beriladi.
Elektr energiyasini sotib oluvchi ishlab chiqaruvchi tomonidan yetkazib berilgan elektr energiyasi miqdori uchun elektr energiyasini uzatish va iste’molini hisobga olish uskunasi ma’lumotlariga ko‘ra tomonlar o‘rtasida imzolangan ko‘rsatkichlarni solishtirish dalolatnomasi va hisob-fakturani olgan kundan boshlab 10 ish kuni ichida to‘lovlarni amalga oshiradi.
“Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Sergey Lushchan: "Navbahor" futbolchilari "Neftchi"ga o‘tyapti? Balki..."