Foto: Navoiy viloyat hokimligi axborot xizmati
Misr kompaniyasi tomonidan Navoiy viloyatida 50 mln dollarlik sanoat zonasini tashkil etishi mumkin. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar berdi.
Unga ko‘ra, Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunov Misr Arab Respublikasining Orascom Construction kompaniyasi vakillari Amr El-Batrik va Omar Bebarslar bilan uchrashdi.
Uchrashuv davomida Misr kompaniyasi tomonidan Navoiy viloyatiga qiymati 50 mln dollar bo‘lgan 200 ga yer maydonida sanoat zonasini tashkil etish yuzasidan muzokaralar olib borildi.
Muzokaralar davomida O‘zbekistonda so‘nggi yillarda amalga oshirilayotgan islohotlar, mahalliy va xorijiy investorlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar hamda viloyatning investision salohiyati haqida ma’lumot berildi.
Shuningdek, xorijiy investorlarga sanoat zonasini tashkil etish uchun qulay bo‘lgan yer maydonlari to‘g‘risida ham ma’lumotlar taqdim etildi.
“Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?