date
views 166

Jahon banki: 2023 yilda pul o‘tkazmalari o‘sishi sekinlashadi, bu Markaziy Osiyoda yaqqol seziladi

Jahon banki: 2023 yilda pul o‘tkazmalari o‘sishi sekinlashadi, bu Markaziy Osiyoda yaqqol seziladi
2023 yilda past va o‘rta daromadli mamlakatlarga pul o‘tkazmalari 1,4 foizga qisqarib, 656 mlrd dollar atrofida bo‘ladi. Bu haqda Jahon bankining yangi prognozida aytiladi.
 
Ushbu holat pul yuborilayotgan mamlakatlardagi iqtisodiy faollikning sekinlashishi bilan bog‘liq bo‘lib, tahlilchilarning fikricha, bu ish haqi va migrantlarning bandligi o‘sishini cheklaydi.
 
Barcha hududlarda, ayniqsa Yevropa va Markaziy Osiyoda (1 foiz) va Janubiy Osiyoda (0,3 foiz) sekinlashuv kutilmoqda. «Yevropa va Markaziy Osiyoda yuqori baza effekti hamda rublning AQSH dollariga nisbatan zaiflashishi tufayli pul o‘tkazmalarining o‘sishi sekinlashmoqda», — deyiladi prognozda.
 
Mintaqalar bo‘yicha Yevropa va Markaziy Osiyoga pul o‘tkazmalari oqimi o‘tgan yili rekord darajaga yetdi va 19 foizga o‘sib, 79 mlrd dollarni tashkil qildi. Ushbu o‘tkazmalarning asosiy qismi Rossiyadan jo‘natilgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot