16:54 / 21.09.2023
171

Xitoy O‘zbekistonda krevetka yetishtirishni yo‘lga qo‘ymoqchi

Xitoy O‘zbekistonda krevetka yetishtirishni yo‘lga qo‘ymoqchi

O‘zbekistonda krevetka (mayda qisqichbaqa) yetishtirish yo‘lga qo‘yiladi, deya xabar berdi Qishloq xo‘jaligi vazirligi.

Qishloq xo‘jaligi vazirligida “O‘zbekbaliqsanoat” uyushmasi rahbariyati hamda Xitoyning “Shandong Youfa Group” kompaniyasi vakillarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda O‘zbekistonda krevetkani sanoat usulida yetishtirishni yo‘lga qo‘yish masalasiga e’tibor qaratildi. Xitoylik ekspertlarga O‘zbekistonda krevetka yetishtirish uchun mavjud shart-sharoitlar, tabiiy va sun’iy suv havzalari, suv hajmi va sho‘rlik darajasi kabi zaruriy ma’lumotlar taqdim etildi.

Muzokaralar chog‘ida Xitoy kompaniyasi vakillari O‘zbekistonda krevetka yetishtirishning 4 xil usulini qo‘llamoqchi ekanliklarini aytib o‘tishdi”, — deyiladi xabarda.

Aytilishicha, ushbu 4 xil uslubda krevetka boqishning negizida suvni sun’iy tarzda sho‘rlatish yotadi.

Xitoy kompaniyasi direktorining aytishicha sun’iy tarzda sho‘rlatilgan suvda krevetka boqilgandan so‘ng artemiya balig‘ini ham boqish ko‘zda tutilgan.

Ta’kidlanishicha, xorijlik ekspertlar Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanida joylashgan Baliqchilik ilmiy-tadqiqot instituti hamda “Xorrot fish house” mas’uliyati cheklangan jamiyati faoliyati bilan yaqindan tanishishdi.

Uchrashuv so‘ngida O‘zbekistonda krevetka yetishtirishda zaruriy texnologiyalar hamda baliqchilik sohasida hamkorlik qilishga kelishildi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Xitoy O‘zbekistonda krevetka yetishtirishni yo‘lga qo‘ymoqchi