O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qatar Amiri shayx Tamim bin Hamad Ol Soniyning muzokaralaridan so‘ng ikki tomonlama hujjatlarni imzolash marosimi bo‘ldi. Xususan, hamkorlikning turli sohalarini qamrab oluvchi quyidagi hujjatlar imzolandi:
- O‘zbekiston Respublikasi Hukumati va Qatar Davlati Hukumati o‘rtasida turizm va ishbilarmonlik tadbirlari sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida bitim;
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi va Qatar Davlati Ijtimoiy rivojlanish va oila vazirligi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida memorandum;
- O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Qatar Davlati Ichki ishlar vazirligi o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi;
- O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi va Qatar Davlati Investitsiya agentligi o‘rtasida investitsiyaviy hamkorlik to‘g‘risida o‘zaro anglashuv memorandumi;
- O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiya qarshi kurashish agentligi va Qatar Davlati Ma’muriy nazorat va shaffoflik boshqarmasi o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi.
Bundan tashqari, tashrif doirasida quyidagi kelishuvlarga erishildi:
- O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari qo‘mitasi va Doha dinlarararo muloqot xalqaro markazi o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi;
- O‘zbekiston Respublikasi Inson huquqlari bo‘yicha milliy markazi va Qatar Davlati Inson huquqlari bo‘yicha milliy qo‘mitasi o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi;
- O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi va Qatar Davlati Savdo-sanoat palatasi o‘rtasida qo‘shma ishbilarmonlar kengashini tuzish to‘g‘risida bitim;
- O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi va Qatar Davlati Savdo-sanoat palatasi o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi.
“Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring