Foto: Sven Horre/risture allianse via Getty Images
Dollar kursining pasayishi fonida oltin narxi asta-sekin ko‘tarilib bormoqda, deb xabar berdi Interfax. Qayd qilinishicha, 24 noyabr kuni Nyu-York Somex birjasida dekabr shartnomalari kotirovkalari 0,3 foizga oshgan va 1 troy unsiyasi uchun 1999,6 dollarni tashkil etgan.
Qayd qilinishicha, AQSH dollarining oltita asosiy jahon valyutalariga nisbatan qiymatini ko‘rsatuvchi DXY indeksi juma kungi savdolar chog‘ida 0,5 foizga pasaygan. Kuchsiz dollar esa boshqa valyuta egalari uchun oltinning investitsion jozibadorligini oshiradi.
O‘zbekiston oltin savdosi bo‘yicha dunyo yetakchilaridan biri sanaladi. 2023 yilning 10 oyida O‘zbekiston 6,87 mlrd dollar qiymatidagi oltin sotdi. Bu rekord ko‘rsatkich hisoblanib, o‘tgan yilga nisbatan 2,3 barobarga ko‘p.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston 2022 yilda 4,1 mlrd dollarlik, 2021 yilda 4,1 mlrd dollarlik, 2020 yilda 5,8 mlrd dollarlik, 2019 yilda esa 4,9 mlrd dollarlik oltin sotgan.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring