82
O‘zbekistonda taksi xizmati uchun naqd pul to‘langanda elektron chek berish boshlandi
O‘zbekistonning barcha hududlarida agregatorlar va taksi xizmatlarini fiskallashtirish ko‘zda tutilgani haqida xabar berilgan edi. Soliq qo‘mitasi Yandex.Go yo‘lovchilarga naqd puldagi to‘lovi uchun elektron chek berishni boshlaganini ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, onlayn taksi agregatorlarining soliq organlarining axborot tizimlari bilan integratsiyalashuvi natijasida yo‘lovchi tashish dinamikasi Soliq qo‘mitasi ma’lumotlar bazasida aks etmoqda.
2023 yilning dekabr oyida onlayn taksi agregatorlari orqali 4,4 million tashuvlar amalga oshirildi. Yo‘lovchi tashish faoliyati 80,1 ming nafar o‘z-o‘zini band qilgan haydovchi tomonidan amalga oshirilgan. 2024 yil yanvar oyida qatnovlar soni 5 millionga yetdi. Tashish xizmatlari 113,5 ming nafar o‘z-o‘zini band qilgan haydovchi tomonidan ko‘rsatildi.
Qo‘mitaning bildirishicha, ayni paytda boshqa onlayn taksi agregatorlarining soliq organlari bilan integratsiyalashuvini ta’minlash va to‘lov shaklidan qat’i nazar, yo‘lovchilarga chek berish bo‘yicha ishlar davom ettirilmoqda.
Ma’lumot uchun. “Soliq” mobil ilovasida o‘z-o‘zini band qilgan shaxslar cheklari uchun keshbek hisoblanmaydi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi