Foto: Prezident matbuot xizmati
Yig‘ilishda mahallalarda tadbirkorlikni rivojlantirish uchun 11,5 trillion so‘m kredit yo‘naltirilishi belgilandi. Bu mablag‘larni samarali ishlatish uchun har bir tuman va shaharni kompleks rivojlantirish dasturi tasdiqlanadi.
Xorazmda Xitoy tajribasi asosida «uy sanoati» rivojlantiriladi. Masalan, Bog‘ot, Yangiariq, Yangibozor, Qo‘shko‘pir va Urganch tumanlarida jun va pillani qayta ishlash salohiyati katta, Hazorasp, Xiva, Tuproqqal’a va Xonqada qo‘l mehnati asosida gilam to‘qish ommalashgan
Ushbu tumanlarda ipakchilik va gilamchilik kooperatsiyalari tashkil qilinib, kamida 10 mingta oila o‘qitiladi. Ularga 100 million so‘mgacha garovsiz kredit beriladi. Bu tarmoqqa viloyat bo‘yicha joriy yilda qo‘shimcha 100 milliard so‘m yo‘naltiriladi.
Prezident Xorazmni asosiy drayveridan biri bo‘lgan turizmni rivojlantirish bo‘yicha 3 yillik dastur qabul qilinishini aytdi.
Turizmni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasining tushumi 3 yil davomida Xorazmni o‘zida qoldiriladi.
Sayyohlarga bir yil davomida cheklovsiz Xorazmga kirish uchun “O‘zbekiston – mening ikkinchi uyim” viza tizimi joriy qilinadi.
Shu bilan birga, qator tumanlarda mehmonxonalar yetishmasligi qayd etildi.
Endilikda mehmonxona va dam olish maskanlarini qurish, mavjud o‘rinlarni ko‘paytirish uchun 7 yilga 2 yil imtiyozli davr bilan 18 foiz stavkada kreditlar beriladi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Ikki tumanning hokim yordamchilari qo‘lga tushdi
Xitoyda markazida bog‘ bo‘lgan 270 metrli osmono‘par bino quriladi