20:20 / 18.03.2024
108

Qishloq xo‘jaligi eksportining asosiy qismini “kilosiga 1 dollardan past narxda bo‘lgan bozorlar” tashkil qiladi

Qishloq xo‘jaligi eksportining asosiy qismini “kilosiga 1 dollardan past narxda bo‘lgan bozorlar” tashkil qiladi
Prezident raisligida qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat tarmoqlarida investitsiyalar va eksportni ko‘paytirish yuzasidan videoselektor yig‘ilishida sohadagi muammolarga to‘xtalib o‘tdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Jumladan, o‘tgan bir yilda Avstraliya, Yangi Zelandiya, Singapur, Kolumbiya, Indoneziya kabi 10 dan ortiq yangi bozorlarga chiqildi, mahsulotlar eksport qilinadigan mamlakatlar soni 85 taga yetdi. Lekin, eksportning 80 foizi 5 ta davlat bozoriga to‘g‘ri kelyapti. Ya’ni qishloq xo‘jaligi eksportining asosiy qismini “kilosiga 1 dollardan past narxda bo‘lgan bozorlar” tashkil qilmoqda.

2023 yili 52 ta mamlakatga 126 ming tonna uzum eksport qilingan bo‘lsa, shundan 98 ming tonnasi 12 ta davlatga kilogrammi 1 dollardan kam narxda sotilgan. Eng xaridorgir mahsulotlar bo‘lgan gilos, shaftoli, xurmo, o‘rik, olcha, olxo‘ri, anjir, anor, bodom, loviya, mosh eksportida ham shu ahvol.

Eng ko‘p eksport bo‘ladigan 10 turdagi mahsulotning ulushi jami meva-sabzavot eksportida 60 foizni tashkil qiladi. O‘rganishlar davomida tadbirkorlar qayd etganidek, tannarx balandligi, ayrim “uddaburonlar” daromad ortidan quvib, qadoqlashda sifatsiz mahsulot qo‘shib yuborayotgani oqibatida tashqi bozorda O‘zbekiston mahsuloti nufuziga putur yetmoqda.

Yoki 1 mingta eksportchi korxonaning ko‘p million dollarlik muddati o‘tgan debitor qarzdorligi bor. Jumladan, 33 ta tumanda eksportdan debitor qarzdorlik qolgan hududlardan ancha yuqori.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Qishloq xo‘jaligi eksportining asosiy qismini “kilosiga 1 dollardan past narxda bo‘lgan bozorlar” tashkil qiladi