Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent yo‘lovchi vagonlarni qurish va ta’mirlash zavodini borib ko‘rdi.
«Mamlakatimizda temir yo‘l transporti rivojlanib, qatnovlar soni ko‘paymoqda. Bu vagonlarga bo‘lgan talabni ham oshiradi. Mazkur zavodda 16 turdagi yo‘lovchi vagonlari ishlab chiqariladi va ta’mirlanadi.
O‘tgan yili korxonada 32 ta yo‘lovchi vagoni tayyorlanib, 319 tasi ta’mirlangan. Muhimi, kooperatsiya orqali ehtiyot qismlarning 70 foizi mahalliylashtirilgan.
Umuman, avvalgi yillarda 300 dan ziyod yo‘lovchi va texnik xizmat vagonlari ishlab chiqarilib, 50 dan oshig‘i eksportga yuborilgan. Bundan tashqari, 112 ta metropoliten vagonlari modernizatsiya qilingan.
Ular 28 yil davomida foydalanishga mo‘ljallangan va xalqaro talablarga to‘liq javob beradi, yo‘lovchilar uchun har tomonlama qulay, yuqori sifat va xavfsizlikka ega», deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.
Vagonlarda isitish va sovutish tizimlari, havo aylanishi yanada yaxshilangan. Suv isitish uskunasi ham elektr energiyasida, ham ko‘mirda ishlashga mo‘ljallangan. Yo‘lovchilarni toza va salqin ichimlik suvi bilan ta’minlash, telefon quvvatini to‘ldirish uchun maxsus moslamalar o‘rnatilgan. Bu yerda 619 nafar muhandis-ishchi mehnat qilmoqda.
Prezident vagonlarga chiqib ko‘rdi. Ularning dizaynini o‘zgartirish, yo‘lovchilarga qulayliklarni oshirish zarurligini ta’kidladi. Elektr poyezdlar tarmog‘ini kengaytirib, aholini ko‘p tumanlarga olib borish, sohaning alohida generatsiya quvvatlarini tashkil etish bo‘yicha topshiriqlar berildi.
Joriy yilda yana yuzlab vagonlarni qurish va ta’mirlash rejalashtirilgan. Bundan tashqari, kon-metalurgiya korxonalari uchun maxsus vagonlar qurish, keng kupeli yangi turlarni o‘zlashtirish ko‘zda tutilgan.
Shu yerda zavodda rejalashtirilayotgan yangi yo‘nalish – elektr va metropoliten poyezdlari loyihasi ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, Toshkent-Xiva yo‘nalishiga qo‘yiladigan tezyurar poyezd haqida axborot berildi. Prezidentimiz bu haqda 2022 yilda Xorazmda Jaloliddin Manguberdi haykalining ochilish marosimida aytgan edi. Bu uchun Janubiy Koreyaning Hyundai Rotem kompaniyasidan yuqori tezlikdagi elektropoyezd olib kelinishi mo‘ljallangan. 7 vagonga ega elektropoyezd 351 ta o‘rindiqqa ega bo‘ladi. Soatiga 250 kilometr tezlikda harakatlana oladi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi