363
O‘zbekiston budjeti taqchilligi rekord darajada ortdi. Qaysi sohalarga ko‘p xarajat qilingan?
Iqtisodiyot va moliya vazirligi O‘zbekiston budjetining 2023 yil ijrosi to‘g‘risidagi dastlabki ma’lumotlarni taqdim etdi. Qayd etilishicha, o‘tgan yilda mamlakat budjeti tarixdagi eng katta taqchillikka duch kelgan.
Budjet defitsiti rekordi
2023 yilda O‘zbekiston konsolidatsiyalashgan budjeti daromadlari 321,0 trillion so‘mni, xarajatlari 380,0 trillion so‘mni tashkil etdi. Bunda xarajatlar daromadlardan 59 trillion so‘mga ko‘p bo‘lib, budjet taqchilligi yalpi ichki mahsulotga nisbatan 5,5 foizga yetgan.
Taqqoslash uchun, 2022 yilgi budjet daromadlari 286,5 trillion so‘m, xarajatlar 321,7 trillion so‘m bo‘lgan. O‘shanda yillik budjet defitsiti 35,2 trillion so‘m yoki YAIMning 4 foizini tashkil etgan.
Ma’lumot uchun, mamlakat budjetida 2019 yilda 13,2 trillion so‘m, 2020 yilda 26,1 trillion so‘m, 2021 yilda 40,8 trillion so‘m taqchillik kuzatilgan.
2023 yilda budjet pullari nimalarga ko‘proq sarflandi?
O‘tgan yilda davlat budjetidan ijtimoiy soha xarajatlari uchun 137,2 trillion so‘m yo‘naltirilgan. Shundan:
- ta’limga 61,2 trillion so‘m;
- sog‘liqni saqlash sohasiga 31,1 trillion so‘m;
- nafaqalar, moddiy yordam va kompensatsiya to‘lovlariga 19,2 trillion so‘m;
- pensiyalar uchun transfertlarga 13,8 trillion so‘m;
- madaniyat va sportga 5,3 trillion so‘m;
- fanga 1,7 trillion so‘m;
- boshqa xarajatlarga 4,9 trillion so‘m ajratilgan.
2023 yilda iqtisodiy xarajatlar uchun 42,9 trillion so‘m sarflangan. Shundan:
- tabiiy gaz narxidagi tafovut uchun subsidiyalarga 18 trillion so‘m;
- suv xo‘jaligi xarajatlari 8,7 trillion so‘m;
- sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilashga 7,7 trillion so‘m;
- aholi punktlarini obodonlashtirishga 4,7 trillion so‘m;
- uy-joy kommunal sohasiga 2,2 trillion so‘m;
- geologiya-qidiruv ishlariga 1 trillion so‘m to‘langan.
Xarajatlarning iqtisodiy tasniflari
O‘tgan yildagi xarajatlar iqtisodiy tasniflarga ajratilganda eng ko‘p mablag‘ ish haqlari uchun to‘langani ma’lum bo‘ladi — 93 trillion so‘m. Shu bilan birga:
- grantlarga 30,7 trillion so‘m;
- subsidiyalarga 29,3 trillion so‘m (shundan 20,7 trillion so‘mi energetika va geologiya-qidiruvga sarflangan);
- ijtimoiy ajratmalarga 23,9 trillion so‘m;
- tovarlar va xizmatlarga 24,5 trillion so‘m;
- ijtimoiy nafaqalarga 21,7 trillion so‘m xarajat qilingan. Davlat olgan kreditlarga xizmat ko‘rsatish foizlariga 8 trillion so‘m to‘langan.
Hududlar kesimida olganda Toshkent shahrining yillik daromad (8,2 trillion so‘m) va xarajatlari (10,3 trillion so‘m) boshqa hududlarga qaraganda eng yuqori darajada qayd etilgan. Eng kam daromad (1,4 trillion so‘m) va xarajatlar (3,1 trillion so‘m) Sirdaryo viloyati hissasiga to‘g‘ri kelgan.
Eslatib o‘tamiz, 2023 yil noyabrda Iqtisodiyot va moliya vazirligi departament direktori Sherzod Muhamedov budjet defitsiti ortishiga bir necha sabablar borligini aytgandi.
“Budjet taqchilligining bu qadar oshib ketishiga mahallalarda fuqarolarni qiynab kelgan iqtisodiy muammolar hal qilingani, kam ta’minlanganlarga qo‘shimcha pullar ajratilgani, pensiya va nafaqalarni belgilangan vaqtdan oldin oshirilgani ta’sir qildi. Yil yakunigacha budjet taqchilligini 5,5 foizdan oshirmaslik choralari ko‘rilmoqda”, — degan vazirlik mas’uli.
Ma’lumot uchun, 2022 yildagi konsolidatsiyalashgan budjet taqchilligi (-35,2 trillion so‘m) tashqi va ichki kreditlar olish, davlat aktivlarini xususiylashtirish va davlat g‘azna obligatsiyalarini chiqarish hisobidan qoplangandi.
2024 yil uchun tasdiqlangan budjet qonuniga ko‘ra, joriy yilda mamlakatning konsolidatsiyalashgan budjet daromadlari 375 trillion so‘mni, xarajatlari 427, 6 trillion so‘mni tashkil etishi prognoz qilingan. Bunda budjet taqchilligi 52 trillion so‘mdan ortishi kutilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Isroilga qurol sotishni to‘xtatish AQSH Senatida ko‘rib chiqiladi
Tadqiqot: iqlim o‘zgarishi to‘fonlar tezligini oshirmoqda
Kelgusi yildan o‘quvchilar o‘rtasida harbiy-sport musobaqalari o‘tkaziladi