2024 yilning 1 yanvardan boshlab kreditlar bo‘yicha qarzdorlikni undirish yuzasidan sudning hal qiluv qarori chiqarilganda, ushbu kreditlar bo‘yicha foizlar va neustoyka hisoblanishi to‘xtatildi. Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Oliy sud axborot xizmati rahbari Aziz Abidov ma’lum qildi.
2023 yil 4 sentyabrda qabul qilingan prezident qarori asosida Fuqarolik kodeksining 744-moddasiga kredit qarzdorligiga nisbatan foiz va penyalar hisoblash bo‘yicha yangi tartib joriy etildi.
Endilikda kredit bo‘yicha qarzdorlikni undirish to‘g‘risida sudning hal qiluv qarori chiqarilganda sud qarorida ko‘rsatilgan kredit bo‘yicha undiriladigan summaga nisbatan ushbu Kodeksning 327-moddasi birinchi va ikkinchi qismlari hamda 734-moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan foizlar, shuningdek, neustoyka hisoblanishi to‘xtatiladi.
Amaldagi tartibga ko‘ra, kredit tashkiloti kredit oluvchi tomonidan kreditni qaytarish intizomi buzilganda – shartnoma yoki qonunda ko‘rsatilgan holatlarda – kredit qarzdorligini muddatidan oldin undirishga haqlidir.
Oldingi tartibga ko‘ra, kredit tashkiloti kredit qarzdorligi sud qarori bilan undirilgandan so‘ng ham kredit amalda qaytarilgungacha bo‘lgan davrlar uchun foiz va neustoyka undirish huquqiga ega bo‘lgan.
Endilikda qonunchilikka kiritilgan qo‘shimchaga ko‘ra, sud qarori bilan undirilgan kredit qarzdorligiga nisbatan kredit shartnomasida ko‘rsatilgan foizlar, pul majburiyatini bajarmaganlik uchun hisoblanadigan foiz va neustoyka hisoblanishi to‘xtatiladi.
Yangi qonun normasi shu yil 27 fevralda qabul qilingan bo‘lsa-da, u 2024 yil 1 yanvaridan e’tiboran yuzaga kelgan munosabatlarga nisbatan ham tatbiq qilinadi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
AQSH Adliya vazirligi Google'dan Chrome'ni sotishni talab qiladi
Tramp g‘alabasidan keyin Qo‘shma Shtatlarni butunlay tark etishni rejalashtirayotgan Gollivud yulduzlari
“Diabet — hayot tarzi” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi