17:47 / 02.06.2024
121

O‘zbekistonda qaysi tovar va xizmatlar narxi oshgani ma’lum qilindi

O‘zbekistonda qaysi tovar va xizmatlar narxi oshgani ma’lum qilindi
Joriy yil mayida O‘zbekistondagi oylik inflyatsiya 2,8 foiz darajasida shakllandi. Mamlakatda tovar va xizmatlar narxining bunday yuqori o‘sishi so‘ngi marta 2017 yilda kuzatilgandi.

Infografika: Statistika agentligi
Statistika agentligining ma’lum qilishicha, 2024 yilning mayida respublikadagi oylik inflyatsiya darajasi 2,8 foizni tashkil etdi. Tovar va xizmatlar narxlarining bu qadar yuqori sur’atda o‘sishi oxirgi marta 2017 yil dekabrda kuzatilgan.

Narxlar o‘sish sur’atlarining tezlashishi aholi uchun elektr energiyasi va gaz tariflarining oshishi fonida sodir bo‘ldi”, — deyiladi agentlik axborotida.

May oyida respublikada inflyatsiyaning yillik ko‘rsatkichi 10,6 foiz darajasida qayd etildi. Taqqoslash uchun, 2023 yil iyun oyidan joriy yil maygacha yillik inflyatsiya ko‘rsatkichi 10 foizdan past darajada shakllanib kelayotgandi.

Infografika: Statistika agentligi
O‘tgan oyda oziq-ovqat mahsulotlari narxi 2 foiz arzonlashgan. Nooziq-ovqat mahsulotlari narxi 0,3 foiz, xizmatlar 15,2 foiz qimmatlashgan. Yillik nisbatda esa oziq-ovqat mahsulotlari narxlarida 4,2 foiz, nooziq-ovqat mahsulotlarida 7,5 foiz, xizmatlar narxida 27 foizlik o‘sish kuzatilgan.

May oyida muhim oziq-ovqat mahsulotlaridan kartoshka apreldagi qiymatidan 2 foiz, sabzi 2,6 foiz, kungaboqar yog‘i 0,8 foiz, guruch 0,8 foiz, mol go‘shti 0,7 foiz, qo‘y go‘shti 0,8 foiz hamda shakar 1,1 foiz qimmatlashdi.

Infografika: Statistika agentligi
Bahorning so‘ngi oyida elektr energiyasi uchun to‘lov narxi eng yuqori darajada o‘sdi — 67 foiz. Shu bilan birga, gaz uchun to‘lov 29 foiz, siqilgan gaz narxi 42,9 foiz ko‘tarildi.

Infografika: Statistika agentligi
O‘tgan oyda issiq suv ta’minoti uchun to‘lov narxi apreldagiga nisbatan 1,1 foiz, dori vositalari va tibbiyot mahsulotlari 1,3 foiz oshdi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » O‘zbekistonda qaysi tovar va xizmatlar narxi oshgani ma’lum qilindi