Foto: Prezident matbuot xizmati
Shavkat Mirziyoyev va Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on raisligida O‘zbekiston—Turkiya oliy darajadagi Strategik hamkorlik kengashining uchinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Davlat rahbari Turkiya yetakchisi va xalqiga ko‘rsatilayotgan mehmondo‘stlik va iliq qabul uchun minnatdorlik bildirib, bugungi yig‘ilish muborak Qurbon hayiti arafasida va ikki davlat o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 32 yilligi nishonlanayotgan yilda o‘tkazilayotganini ta’kidladi.
“Strategik hamkorlik kengashining tashkil etilishi O‘zbekiston—Turkiya munosabatlari tarixida yangi sahifa ochdi va sheriklikning barcha sohalarida yanada rivojlanishga kuchli sur’at bag‘ishladi”, — dedi davlat rahbari.
Siyosiy muloqot, parlamentlararo aloqalar va madaniy-gumanitar almashinuvlar jadal rivojlanmoqda, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlik faollashmoqda. So‘nggi yillarda o‘zaro savdo hajmi 1,5 barobarga, qo‘shma korxonalar soni 2 barobarga, O‘zbekiston iqtisodiyotiga turk investitsiyalari hajmi 2,5 barobarga oshdi. Ikki davlatning yirik shaharlari o‘rtasida haftasiga 90 ta parvoz amalga oshirilmoqda, Turkiyadan kelayotgan turistlar oqimi 3 barobarga ko‘paydi.
Foto: Prezident matbuot xizmati
Yaqin kelajakda ikki tomonlama savdo hajmini 5 milliard dollarga yetkazish maqsad qilingan. Bugun O‘zbekistonda Cengiz Holding, Aksa Energy, Çalık Holding, Akay Inşaat, Anadolu Group, Özgüven, Eczacıbaşı Holding kabi yetakchi turk kompaniyalari tomonidan 100 dan ortiq loyiha muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda. Bu galgi tashrif doirasida 10 milliard dollarlik yangi investisiya loyihalari portfeli shakllantirildi.
Ikki tomonlama savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirish maqsadida sanoat kooperatsiyasini kuchaytirish, yuqori qo‘shilgan qiymatga ega mahsulotlar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish va birgalikda uchinchi davlatlar bozorlariga chiqish muhimligi ta’kidlandi.
Shuningdek, imtiyozli savdo to‘g‘risidagi bitim doirasida bojxona tariflarini pasaytirish, Istanbul shahrida O‘zbekiston savdo vakolatxonasini ochish zarurligi qayd etildi. Qishloq va suv xo‘jaligi, sog‘liqni saqlashni raqamlashtirish va tibbiyot klasterlarini tashkil etish sohalarida Turkiyaning ilg‘or tajribasi va davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini joriy etishga talab borligiga e’tibor qaratildi.
Hamkorlikning yana bir muhim yo‘nalishi ikki mamlakatning transport-logistika salohiyatini oshirish, shu jumladan, O‘rta koridor imkoniyatlaridan samarali foydalanishdir. Oliy, professional va texnik ta’lim sohasida hamkorlikni rivojlantirish, teatr festivallari, madaniyat haftaliklarini o‘tkazish, birgalikda tarixiy filmlar suratga olish va madaniy meros obyektlarini restavratsiya qilish sohalarida hamkorlikni kengaytirishga alohida e’tibor qaratildi.
Foto: Prezident matbuot xizmati
Tomonlar hamkorlikning barcha yo‘nalishlarini chuqurlashtirishga qaratilgan deklaratsiyani qabul qilinayotgani va ikki davlat rahbarlari boshchiligida O‘zbekiston—Turkiya Ishbilarmonlar kengashi tashkil etilganini olqishladi. Yig‘ilish yakunlari bo‘yicha hukumatlarga qabul qilingan qarorlarni amalga oshirish bo‘yicha qo‘shma “yo‘l xaritasi”ni tasdiqlash topshirildi.
Muzokaralar yakunida Shavkat Mirziyoyev Rajab Toyyib Erdo‘g‘onni kengashning navbatdagi yig‘ilishini o‘tkazish uchun O‘zbekistonga tashrif buyurishga taklif qildi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi