Yarim yillik gaz importi hajmi avvalgi davrlarning yillik ko‘rsatkichidan ham sezilarli yuqori bo‘ldi.
Importdagi rekord
2024 yil yanvar–iyun oylarida O‘zbekiston 809,5 million dollarlik tabiiy gaz import qildi. Bu haqda Statistika agentligi ma’lumot berdi. Bunday yuqori hajmdagi import oxirgi 8 yil davomida yillik raqamlarda ham qayd etilmagandi.
O‘zbekiston Rossiyadan gaz importi hajmini oshira boshlagach, joriy yilda gazni xorijdan sotib olish hajmi rekord darajada ortishi mumkinligi prognoz qilingandi.
Taqqoslash uchun, respublikada butun 2023 yil davomida (oldingi yillardagidan eng ko‘p) 694,9 million dollarlik gaz import qilingan.
Gaz eksporti
2024 yil yanvar–iyun oylarida O‘zbekiston 241,4 million dollarlik tabiiy gaz eksport qilgan. O‘tgan 2023 yilning dastlabki 6 oyida respublika 341,9 million dollarlik gaz eksportini amalga oshirgandi.
Taqqoslash uchun, chet eldan 2020 yilning birinchi 6 oyida 278,6 million dollarlik, 2021 yilning mos davrida 265,6 million dollarlik, 2022 yilning yarmida 525,4 million dollarlik tabiiy gaz sotib olingan.
Gaz qazish hajmi kamayib bormoqda
Statistika agentligi O‘zbekistonning har oylik sanoat ishlab chiqarishi bo‘yicha ma’lumotlarni e’lon qilib keladi. So‘nggi statistik raqamlarga ko‘ra, 2024 yil birinchi yarim yilligida mamlakatda 22,2 milliard kub metr tabiiy gaz qazib olingan. O‘tgan 2023 yilning mos davrida bu ko‘rsatkich 23,5 milliard kub metr bo‘lgan. Oradagi yillik tafovut —1,3 milliard kub metrni tashkil etgan.
Agentlik press-relizida 2019 yilning dastlabki 6 oyida 30,3 milliard kub metr, 2020 yilning mos davrida esa qazishda sezilarli pasayish kuzatilib, 25,1 milliard kub metr gaz olingan. 2021 yil yanvar iyun oylarida 26,2 milliard kub metr, 2022 yilning birinchi yarmida 26,1 milliard kub metr gaz qazilgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Shavkat Mirziyoyev Senat oldida turgan muhim vazifalarni aytdi
Zelenskiy frontdagi Pokrovsk va Kupyansk shaharlariga tashrif buyurdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”