O‘zbekiston benzin importini 54 foizga oshirdi

O‘zbekiston 2026 yilning yanvar–iyul oylarida benzin importini sezilarli darajada oshirdi. Dastlabki 7 oyda mamlakatga 710 ming tonna benzin olib kelingan.
Bu ko‘rsatkich 2025 yilning mos davriga nisbatan 248,3 ming tonnaga yoki 54 foizga ko‘p. Joriy yilda import qilingan benzinning umumiy qiymati 426 mln AQSH dollarini tashkil etgan.
Hisob-kitoblarga ko‘ra, 2026 yilning yanvar–iyul oylarida import qilingan benzinning o‘rtacha narxi har tonna uchun 600 dollarga to‘g‘ri kelgan.
Taqqoslash uchun, 2025 yilning shu davrida O‘zbekiston 264,9 mln dollarlik 461,7 ming tonna benzin import qilgan. O‘shanda bir tonna benzinning o‘rtacha qiymati 575 dollar bo‘lgan.
Shu tariqa, bir yil ichida benzin importi nafaqat hajm jihatdan, balki umumiy qiymat bo‘yicha ham oshgan.

























Izohlar 0
…