23:28 / 07.08.2024
134

O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida muhim iqtisodiy bitim tasdiqlandi

O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida muhim iqtisodiy bitim tasdiqlandi
«Xalqaro shartnomani tasdiqlash to‘g‘risida»gi Prezident Qarori (PQ-282-son, 06.08.2024 y.) qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, O‘zbekiston va Qozog‘iston Hukumatlari o‘rtasida «Markaziy Osiyo» xalqaro sanoat kooperatsiyasi markazi faoliyatini tartibga solish to‘g‘risidagi Bitim tasdiqlandi.

Bitim 2023 yil 9 noyabrda Toshkent shahrida imzolangan.

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi ushbu xalqaro shartnomani amalga oshirish uchun mas’ul bo‘lgan vakolatli organ etib belgilandi.

Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirganidan keyin belgilangan tartibda uning qoidalari amalga oshirilishi ustidan nazoratni ta’minlaydi.

«Markaziy Osiyo xalqaro sanoat kooperatsiyasi markazi» erkin iqtisodiy zonasini tashkil etiladi.

Markaz faoliyatini boshqarish «Sirdaryo» erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi» unitar korxonasiga yuklatiladi.

Markaz hududiga sanoat korxonalarini ishlab chiqarish jarayoniga jalb etish va import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish orqali sanoat kooperatsiyasi kengaytiriladi.

Markaz hududida faqat O‘zbekiston va Qozog‘iston Respublikalarida ishlab chiqarilgan mahsulotlar ishlab chiqarish sertifikati nazorati ostida realizatsiya qilinadi.

Qozog‘iston va u orqali tashrif buyuruvchi chet el fuqarolari uchun Markaz hududiga maxsus nazorat o‘tkazish punkti orqali vizasiz tartibda, shaxsni tasdiqlovchi hujjat bilan kirish, 15 kun mobaynida hududda bo‘lish va kirgan nazorat punkti orqali chiqish imkoniyati yo‘lga qo‘yiladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida muhim iqtisodiy bitim tasdiqlandi