Rossiyalik milliarder Usmonovning 110-metrlik “Ona” deb nomlangan yaxtasi sotilayotgani xususida brokerlik kompaniyalari saytlarida e’lon qo‘yilgan. Avvalroq, milliarder yangi, yanada uzunroq yaxtani olgani xabar qilingan edi.
Endilikda, bir nechta yirik brokerlik kompaniyalari 110-metrli Ona yaxtasiga xaridor qidirmoqda, deya yozmoqda "Kun" nashri.
Ona yaxtasida 20 nafar mehmon va 47 nafar ekipaj a’zosi joylasha oladi. Uning tezligi soatiga 21 uzelni tashkil etadi. Yaxta bortida basseyn va vertolyot uchun qo‘nish maydonchasi ham bor. Hozircha, 2008 yili qurilgan yaxtaning narxi e’lon qilinganicha yo‘q. 2013 yili Forbes jurnali yaxta bozoridagi manbasiga tayangan holda bu kabi kema 200 mln evro atrofida turishi haqida yozgan edi.
Usmonov 156 metrlik Dilbar nomli yaxtasini xarid qilganidan so‘ng, Ona kemasini sotuvga qo‘ygan, deb qayd etmoqda Yacht Harbour. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi