09:09 / 18.10.2024
117

Jahon banki Oʻzbekiston iqtisodiyoti yuqori sur'atda oʻsib borishini prognoz qilmoqda

Jahon banki Oʻzbekiston iqtisodiyoti yuqori sur'atda oʻsib borishini prognoz qilmoqda
Jahon banki Oʻzbekiston Evropa va Markaziy Osiyodagi eng tez rivojlanayotgan iqtisodiyotlardan biriga aylanishini prognoz qilmoqda.

“Bir qator inqirozlardan soʻng mintaqadagi rivojlanayotgan mamlakatlarda oʻsish sur'atlari pastroq darajada boʻlsa-da, barqarorlashmoqda. Iqtisodiy oʻsish 2024 yilda 3,5 foizni tashkil qildi, bu koʻrsatkich oʻtgan yilgi bilan bir xil, lekin 2000 yillardagi oʻrtacha 5,1 foiz koʻrsatkichdan past.

Yalpi ichki mahsulotning oʻsishi prognozi boʻyicha Gruziya 7,5 foiz bilan etakchilik qilmoqda, Tojikiston 7,2 foiz bilan uchinchi oʻrinda. Oʻzbekiston bu borada uchinchi oʻrinda boʻlib, YaIM 6 foizga oʻsishi prognoz qilingan. Markaziy Osiyo eng tez rivojlanayotgan submintaqa boʻlib, Oʻzbekiston 2025 va 2026 yillarda mos ravishda 5,8-5,9 foiz oʻsish sur'atlari bilan etakchilik qiladi.

Foto: Jahon banki
Mintaqa iqtisodidagi pasayish koʻp jihatdan eng yirik davlatlar iqtisodiyotidagi pasayish bilan bogʻliq. Rossiyada yalpi ichki mahsulot 2023 yildagi 3,6 foizdan 2025 yilda 1,6 foizga tushadi, Turkiyada esa 2025 yilda oʻsish 2,6 foizgacha sekinlashadi.

Oʻsishning asosiy omillariga ish haqining oshishi, byudjet toʻlovlari va inflyatsiyaning pasayishi kiradi. Eksport faolligi zaiflashgan va inflyatsiya, ayniqsa, Oʻzbekistonda energiya tariflari oʻzgarganidan keyin yuqoriligicha qolayotgan boʻlsa-da, turizm sanoatining tiklanishi ham muhim ahamiyatga ega.

Pul oʻtkazmalari oqimi ham pandemiyagacha boʻlgan darajadan yuqori va ular Markaziy Osiyoda iqtisodiy ekspansiyani qoʻllab-quvvatlashda davom etmoqda”, deyiladi Jahon banki hisobotida.

Shuningdek, Jahon banki innovatsiyalar va barqaror oʻsishni ragʻbatlantirish uchun ta'lim sifatini oshirish, oʻquv dasturlarini yangilash, ayniqsa, STEM boʻyicha oʻqituvchilar sonini koʻpaytirishga e'tibor qaratishni tavsiya qildi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot