Noyabr oyining navbatdagi haftasidagi muhim voqealar ro‘yxatidan Filadelfiya Fed ishlab chiqarish indeksi va mavjud uy sotuvlari ma’lumotlari o‘rin egalladi. Hududlardagi ishlab chiqarish sektorining holatini aks ettiradigan Filadelfiya Fed ishlab chiqarish indeksi ma’lumotlariga ko‘ra ahvol keskin yomonlashgan. Chunki avvalgi oyning 10,3 punktli natijasi va kutilayotgan 7,4 punkt ko‘rsatkichiga nisbatan, real natija -5,5 ni tashkil etgan. Mavjud uy sotuvlari tahlil qilinadigan bo‘lsa, u yerda holat ancha yaxshiroq ekanligini ko‘rish mumkin. Oktyabr oyida uy sotuvi kutilganidan ko‘proq bo‘lgan.
Jahon Insights kanali ekspertlari 18 noyabrdan 22 noyabrgacha bo‘lgan davrda xalqaro moliya bozorida sodir bo‘lgan eng muhim voqealarni tahlil qilib chiqdi.
AQSH top fond bozorlari indeksi
- S&P500 – 5969 (hafta boshidan +1,68 foiz, yil boshidan +25,15 foiz);
- NASDAQ – 19003 (hafta boshidan +1,73 foiz, yil boshidan +26,6 foiz);
- DJI – 44296 (hafta boshidan +1,96 foiz, yil boshidan +17,53 foiz).
NASDAQ, Dow Jones va S&P500 indekslari mos ravishda 354 punkt, 852 punkt va 99 punktga ko‘tarildi.
Asosiy qimmatbaho metallar
- Oltin – 2715 dollar (1 unsiyasi) hafta boshidan +5,97 foiz, yil boshidan +31,66 foiz;
- Kumush – 31,33 dollar (1 unsiyasi) hafta boshidan +3,61 foiz, yil boshidan +31,75 foiz.
- Alyuminiy – tonnasi 2630 dollar (hafta boshidan -0,86 foiz; yil boshidan +10,14 foiz);
- Mis – 4,08 dollar (hafta boshidan +0,68 foiz; yil boshidan +5,78 foiz).
Oltin, kumush va mis hafta davomida mos ravishda 153 dollar, 1,09 dollar, 0,03 dollarga o‘sdi. Faqatgina alyuminiy 22,8 dollarga arzonlashdi.
Neft
- WTI – 71,12 dollar (hafta boshidan +6,31 foiz, yil boshidan -0,25 foiz);
- BRENT – 75,05 dollar (hafta boshidan +5,7 foiz, yil boshidan -2,58 foiz).
Hafta davomida neftning WTI markasi 4,22 dollarga, BRENT esa 4,05 dollarga qimmatlashdi.
Valyutalar
- USD/EUR: -1,14 foiz (yil boshidan -5,6 foiz);
- CNY/USD: +0,20 foiz (yil boshidan +2,08 foiz);
- TRY/USD: +0,39 foiz (yil boshidan +17,18 foiz);
- UZS/USD: -0,08 foiz (yil boshidan +4,07 foiz);
- RUB/USD: +4,33 foiz (yil boshidan +16,74 foiz).
Donald Trampning g‘alabasidan keyin dollar mustahkamlanishda davom etyapti. Hafta davomida yevro, yuan, lira va rubl dollarga nisbatan mos ravishda 1,14 foiz, 0,2 foiz, 0,3 foiz va 4,33 foizga pasaydi, so‘m esa 0,08 foizga mustahkamlandi.
Kriptovalyuta
- Bitcoin – 98355 dollar (hafta boshidan +9,95 foiz, yil boshidan +131,92 foiz);
- Ethereum – 3328 dollar (hafta boshidan +8,18 foiz, yil boshidan +45,78 foiz).
Asosiy kriptolar ham keskin ko‘tarilishni qayd etdi. Bitcoin va Ethereum hafta mobaynida mos ravishda 9,95 va 8,18 foizga qimmatlashdi.
Bozorlar haqida qisqacha
Donald Tramp AQSH prezidentlik saylovlarida g‘alabani qo‘lga kiritganidan so‘ng moliya bozorlarida keskin o‘zgarishlar sodir bo‘lishni boshladi. Birinchidan, risklarga qarshi boshpana aktivlar hisoblangan oltin va neft narxi keskin tushib ketdi, chunki yangi prezident urushlarni to‘xtatishni va’da qilgandi. Shundan so‘ng murakkab monetar siyosat olib borayotgan Federal zaxira tizimi (FZT) raisi Jerom Povell so‘nggi nutqida stavkalarni pasaytirishga shoshmaslik kerakligiga to‘xtalib, bunga sabab Trampning yangi ma’muriyati shakllanayotgan bir paytda kelajakda siyosiy va iqtisodiy vektor qaysi yo‘nalishda bo‘lishi aniq emasligini qayd etdi. Bu FZT maqsad qilgan 2 foizlik inflyatsiya ko‘rsatkichiga yetib kelishda katta xavf tug‘dirishi mumkin.
Eslatma! Taqdim qilingan ma’lumotlar muallifga tegishli bo‘lib, 18 noyabrdan 22 noyabrgacha bo‘lgan vaqt oralig‘idagi moliya bozorida yuz bergan o‘zgarishlar asosida tayyorlangan. Ushbu maqola investitsion maslahat emas. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”