Foto: Oliy Majlis Qonunchilik palatasi
Parlament deputatlari 11 dekabr kuni zargarlik sanoatini yanada rivojlantirishga qaratilgan qonun loyihasini birinchi o‘qishda konseptual jihatdan ko‘rib chiqib, qabul qildi.
Ushbu qonun loyihasida ayrim qonun hujjatlariga zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchilarning qimmatbaho metallarga bo‘lgan talabini qondirish, ularning rivoji uchun qulay biznes muhitini yaratish va qonunchilikda mavjud bo‘lgan byurokratik to‘siqlarni liberallashtirishga qaratilgan bir qator o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish taklif etilmoqda.
Loyiha bilan 2027 yil 1 sentyabrga qadar “O‘zbekzargarsanoati” uyushmasiga a’zo bo‘lgan zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchi tadbirkorlarni mol-mulk va yer solig‘idan ozod etish belgilanmoqda.
Affinaj korxonalariga (tarkibida qimmatbaho metall va qimmatbaho toshlar bo‘lgan xom ashyo bilan ishlash faoliyatini litsenziya asosida amalga oshiruvchi korxonalar) qimmatbaho metallarni zargarlik buyumlari ishlab chiqaruvchilar uchun qulay shakl va miqdorlarga keltirgan holda sotish hamda qimmatbaho metallardan suvenir tangalar tayyorlash va realizatsiya qilish huquqini berish nazarda tutilyapti.
Zargarlik buyumlari ishlab chiqaruvchilarga ham o‘z navbatida o‘zlari yasagan zargarlik buyumlarining xomaki mahsulotlarini boshqa ishlab chiqaruvchilarga realizatsiya qilish huquqi berilmoqda.
Bundan tashqari, yuridik va jismoniy shaxslardan qimmatbaho metallarni va zargarlik buyumlarini sotib olish faoliyati vakolatli organni xabardor qilish tartibida amalga oshirishi belgilanmoqda.
Shu bilan birga, qonun loyihasi bilan xorijda ishlab chiqarilgan qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik va boshqa buyumlarni bojxona to‘lovlari to‘langanini tasdiqlovchi hujjatlarsiz sotuvga qo‘yish hamda chakana savdoda realizatsiya qilish taqiqlanmoqda.
Qonun loyihasining qabul qilinishi respublikada zargarlik sanoatini rivojlantirish, mahalliy zargarlik buyumlari ishlab chiqaruvchilarni yanada qo‘llab-quvvatlash va ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish uchun zarur shart-sharoitlar yaratadi. Sohaning eksport salohiyatini oshirish, aholining sifatli zargarlik mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojini qondirishga xizmat qiladi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
"Mevalar qiroli" mangoning salomatlik uchun qanday foydali xususiyatlari bor?
Konstitutsiyaviy sud: Quruvchi tashkilotlar faoliyati ustidan nazoratni kuchaytirish zarur
Tojikistonning Konibodomida bir oilaning 6 a’zosi o‘ldirib ketildi
Suriyada isyonchilar Bashar Asadning otasi qabrini vayron qildi
Tadqiqot: Kunlik qahva iste’moli umrni uzaytirib, hayot sifatini yaxshilashga yordam beradi
O‘zbek shou-biznesi vakillari Halima Ibragimovani qanday xotirlamoqda?
Bashar Asadning yaqin qarindoshi osib o‘ldirildi
Isroilda bosh vazir Binyamin Netanyahu ustidan sud jarayoni boshlandi