224
200 nafar tadbirkor xalqaro moliya bozoridan 2 mlrd dollar jalb qilishga tayyorlanadi
Prezident raisligida investitsiyalarni keng jalb etish va eksportni oshirish borasidagi ishlar natijadorligi hamda kelgusidagi asosiy vazifalar yuzasidan videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
Ilgʻor korxonalar mustaqil ravishda tashqi bozorlarga chiqib, toʻgʻridan toʻgʻri mablagʻ olib kelishni boshlagan.
Savdo-sanoat palatasida Tadbirkorlarga tashqi moliya bozorlariga chiqishga koʻmaklashish markazi tashkil qilindi.
Yil yakunigacha kamida 200 nafar tadbirkorni xalqaro moliya bozoridan 2 milliard dollar jalb qilishga tayyorlash muhimligi ta'kidlandi.
Shuningdek, bu yil OKMK 1 milliard, NKMK 500 million, “Navoiyuran” va “Oʻzmetkombinat” har biri 300 million dollarlik yevrobond joylashtirishi zarurligi koʻrsatib oʻtildi.
Uzbekistan Airways va Uzbekistan Airports, Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi ham xalqaro reyting olib, tashqi bozordan jami 700 million dollar olib kelishi muhimligi ta'kidlandi.
2025 yil uchun 2 milliard dollar grant olish boʻyicha har bir vazirlik, tarmoq va hududlarning rejalarini shakllantirish topshirildi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar