13:53 / 29.10.2016
8 025

O‘zbekiston bosh prokurori: «maqsad-tadbirkorlarga imkon qadar ko‘mak ko‘rsatish»

O‘zbekiston bosh prokurori: «maqsad-tadbirkorlarga imkon qadar ko‘mak ko‘rsatish»

«Istiqlol» san’at saroyida (sobiq «Xalqlar do‘stligi») o‘tgan uchrashuv Prezident v. b. Shavkat Mirziyoyevning yaqindagina qabul qilingan «Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta’minlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Farmoniga bag‘ishlandi, deyiladi "Diydoraziz" nashrida.

Yig‘ilishda so‘zga chiqqan O‘zbekiston bosh prokurori Ixtiyor Abdullaev barchani faollikka, echimini topmagan muammolarni hamkorlikda hal etishga chaqirdi.

Zaldan kelgan poraxo‘rlik dalili haqidagi anonim xatni ko‘rsatar ekan, bosh prokuror korrupsiyaga qarshi oshkora kurash lozimligini ma’lum qildi. «Korrupsiya masalasini har kim, eng mayda holatlarda ham qarshi harakat qilgandagina hal etish mumkin», — dedi u.

Ayni paytda Bosh prokuraturada katta ishchi guruh tashkil etilgan bo‘lib, ular tadbirkorlik yo‘lidagi to‘sqinliklarni o‘rganmoqda. Ular Savdo-sanoat palatasi bilan faol maslahatlashuvlar olib bormoqda. Maqsad — tadbirkorlarga imkon qadar ko‘mak ko‘rsatish, qayd etdi Ixtiyor Abdullaev.

U Bosh prokuratura sayti yoki pochta orqali biznesning barcha sohalari bo‘yicha qayta ko‘rib chiqilib, yangidan ishlab chiqilayotgan normativ-huquqiy aktlarga kiritiladigan aniq takliflarni yuborishni so‘radi.

Kichik va o‘rta biznesning poytaxt iqtisodiyotiga qo‘shayotgan ulushi (shaharda 48 ming tadbirkorlik sub’ekti faoliyat ko‘rsatmoqda) to‘g‘risida so‘z olgan Toshkent hokimi Rahmonbek Usmonov uning hudud yailpi mahsulotining 65 foizi, ishlab chiqarilayotgan sanoat mahsulotlarining 70 foizi, ishlab chiqarilayotgan qurilish materiallarining 92 foizi va eksportning 37 foizi to‘g‘ri kelishini ta’kidlab o‘tdi. Yilning birinchi to‘qqiz oyi davomida tadbirkorlik sub’ektlari soni 5800 taga oshgan.

Mamlakat rahbariyati tomonidan so‘nggi oylarda tadbiq etilgan o‘zgarishlar haqida so‘zlar ekan, poytaxt ma’muriyati rahbari ular mahsulot ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatishda biznes vakillari zimmasiga yanada ko‘proq mas’uliyat yuklashini ta’kidladi. U barchani halollik bilan ishlashga, ijtimoiy soha va byudjet tashkilotlar xodimlari uchun muhim bo‘lgan soliqlarni vijdonan to‘lashga chaqirdi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » O‘zbekiston bosh prokurori: «maqsad-tadbirkorlarga imkon qadar ko‘mak ko‘rsatish»