Foto: Depositphotos
Iqtisodiyot va moliya vazirligi xabar berishicha, mazkur shartnoma Oʻzbekistonning iqtisodiy rivojlanishini qoʻllab-quvvatlash va xalqaro investorlarni jalb etish maqsadida amalga oshirilmoqda.
Shartnomaga koʻra, Franklin Templeton jamgʻarmaga tegishli boʻlgan 18 ta davlat korxonasi va tijorat banklari aktsiyalaridan iborat investitsion portfelni boshqarib, ularning investitsion jozibadorligini oshirishga qaratilgan transformatsiya dasturlarini amalga oshiradi.
Mazkur transformatsiya dasturlari amalga oshirilgandan soʻng jamgʻarma hamda uning boshqaruvidagi korxonalar va banklar aktsiyalari mahalliy va xalqaro fond birjalariga olib chiqiladi.
Buning uchun, Franklin Templeton tomonidan jamgʻarmaga tegishli davlat korxonalari va tijorat banklari strategiyalarini qayta koʻrib chiqish, ularda korporativ boshqaruv tizimi, moliyaviy samaradorligi, ichki audit va risklarni boshqarish tizimini jahon standartlariga moslashtirish, xodimlar malakasini oshirishga qaratilgan transformatsiya dasturlari amalga oshiriladi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar