date
views 696

HUMO 2024-yilda 13 million dollar sof foyda koʻrdi

HUMO 2024-yilda 13 million dollar sof foyda koʻrdi
2024-yilda HUMO toʻlov tizimining sof foydasi 47% ga oshib, 168,3 milliard soʻmga (taxminan 13 million dollar) etdi. Oxirgi uch yil ichida kompaniyaning foydasi 194% ga oshdi va 111 milliard soʻmga koʻpaydi.

Bundan tashqari, HUMOning umumiy tushumi 311,5 milliard soʻmni, aktivlari esa 434,8 milliard soʻmni tashkil etdi. Kompaniya 2024-yilda davlat byudjetiga 31 milliard soʻmdan ortiq soliq toʻlagan.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq HUMO Paynet kompaniyasiga 65 million dollarga sotilgan edi.

Jahongir Latipov
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » HUMO 2024-yilda 13 million dollar sof foyda koʻrdi