Oltin narxi rekord darajaga ko‘tarildi

Oltin narxi rekord darajaga ko‘tarildi
Aprel oyidagi oltin fyuchersi narxi 14-fevral, juma kuni tushib ketganidan so‘ng yana 2 952 dollardan yuqoriga ko‘tarildi, deb ko‘rsatadi savdo ma’lumotlari.

Toshkent vaqti bilan soat 14:00 holatiga ko‘ra, qimmatbaho metal narxi 2 952,71 dollarni tashkil qildi.

14-fevral kuni kechqurun oltin narxi keskin tushib, 2 955 dollardan 2 893 dollargacha pasaygan edi.

18-fevral kuni kechga borib narx qayta tiklana boshladi. Soat 01:30 (19-fevral) holatiga ko‘ra, oltin narxi 2 956,29 dollargacha yetdi.

Mazkur ma’lumot faqat axborot xususiyatiga ega bo‘lib, shaxsiy investitsiya tavsiyasi hisoblanmaydi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar