date
views 141

Alif asoschilari Ayan Capital uchun £25 mln jalb qildi

Alif asoschilari Ayan Capital uchun £25 mln jalb qildi
Alif fintech kompaniyasi asoschilari o‘zlarining yangi loyihasi — Ayan Capital uchun xalqaro kredit tashkiloti "Partners for Growth (PFG)"dan 25 million funt sterling miqdorida investitsiya jalb qildi, deb kursiv.media xabar berdi.

Ayan Capital ekologik avtomobillar xaridi uchun halol moliyalashtirish xizmatini taklif etadi. Mablag‘ni komissiyasiz va avtomobil qayerdan sotib olinayotganiga bog‘liq bo‘lmagan holda bevosita olish mumkin.

Shuningdek, kompaniya yaqinda Ayan Pay loyihasini ishga tushirdi — bu dastur 12 oygacha uy ta’miri, avtomobil ta’miri va mebel xaridlari uchun foizsiz moliyalashtirish imkonini beradi.

Kompaniya moliyalashtirish hajmini 2,2 barobarga oshirdi va to‘lov kechikishlari kuzatilmagan. Jalb qilingan yangi mablag‘lar texnologiyalarni rivojlantirish, tez o‘sish va yirik maqsadlarga erishishga xizmat qiladi: 2025 yil oxirigacha £25 mln va 2026 yilgacha £100 mln moliyalashtirish rejalashtirilgan.

Ayan Capital hammuassisi Abdullo Qurbonov quyidagilarni ta’kidladi:
“PFG jamoasining ishonchi va yordami uchun minnatdormiz. Bizning maqsadimiz — halol moliyani barcha uchun narx, texnologiya va xizmat sifati bo‘yicha ommaviy va qulay qilish. Halol moliyani tanlash xaridorga qo‘shimcha xarajat bo‘lib tushmasligi kerak. Yo‘l boshida bo‘lsak-da, biz ochiq, halol, raqobatbardosh va innovatsion moliyaviy tizim yaratishga qat’iy bel bog‘laganmiz.”
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot