date

Capital B kompaniyasi Bitcoin sotib olish uchun 122 milliard dollar jalb qilmoqda

Capital B kompaniyasi Bitcoin sotib olish uchun 122 milliard dollar jalb qilmoqda

Fransiya birjasida roʻyxatga olingan Capital B kompaniyasi Bitcoin zaxiralarini sezilarli darajada kengaytirish maqsadida aksiyadorlardan yangi kapital jalb qilish vositalarini tasdiqlashni soʻramoqda. Kompaniya yangi aksiyalar va kredit vositalarini chiqarish orqali kriptovalyuta xaridlarini jadallashtirishni rejalashtirgan. Bu haqda Cointelegraph.com xabar beradi.

Capital B direktorlar kengashi aʼzosi Alexandre Laizet’ning X ijtimoiy tarmogʻidagi xabariga koʻra, kompaniya 5 milliard yevro (taxminan 5,8 milliard dollar) miqdorida kapitalni oshirish va 116 milliard dollarlik kredit vositalarini joriy etish boʻyicha taklif kiritgan. Aksiyadorlar ushbu masala boʻyicha 17-iyunga qadar onlayn ovoz berishlari mumkin.

Ushbu tashabbus bozordagi bosim tufayli boshqa kichik kompaniyalar oʻz aktivlarini sotayotgan yoki xedjlash strategiyasiga oʻtayotgan bir paytda amalga oshirilmoqda. Capital B yaqinda 192 BTCni 15,2 million dollarga sotib olgan edi, dushanba kungi qoʻshimcha xariddan soʻng kompaniyaning umumiy balansi 3 139 BTCga yetdi.

Hozirgi vaqtda Capital B kompaniyasi Bitcoin zaxiralari boʻyicha dunyoda 25-oʻrinni, Yevropada esa Germaniyaning Bitcoin Group SE kompaniyasidan keyin ikkinchi oʻrinni egallab turibdi. Mazkur eʼlondan soʻng kompaniya aksiyalari narxi 7 foizga pasayib, 0,56 dollarni tashkil etdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Capital B kompaniyasi Bitcoin sotib olish uchun 122 milliard dollar jalb qilmoqda