
O‘zbekiston 2025-yil boshidan Qirg‘izistondan ko‘mir importi hajmini 52,4% ga oshirdi, deb Upl.uz sayti Qirg‘iziston Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga asoslanib xabar berdi.
Yanvar–fevral oylarida mamlakat 186,8 ming tonna toshko‘mir import qilgan — bu o‘tgan yil shu davriga nisbatan ancha ko‘p. Pul ifodasida esa ko‘mir importi 12,4 million AQSh dollarini tashkil etgan (+12,6%).
O‘zbekiston Qirg‘izistondan eksport qilinayotgan ko‘mirning 97% dan ortig‘ini xarid qilgan asosiy mijozga aylangan.
Shuningdek, lignit (yumshoq ko‘mir) importi deyarli ikki barobar kamaygan — 51,3 ming tonna atrofida. Bu esa, ehtimol, sanoat va energiya ishlab chiqarishga mos keluvchi toshko‘mirga ustunlik berilayotganidan dalolat beradi.
2024-yil noyabrda Qirg‘iziston hukumati YEOIIdan tashqariga avtomobil transportida ko‘mir eksportini cheklagandi. Biroq temir yo‘l orqali yuk tashish hisobiga O‘zbekiston bilan savdo aloqalari izchil davom etmoqda.
Shuningdek, O‘zbekiston 2030-yilga qadar o‘z ko‘mir qazib olish hajmini 20% ga oshirishni rejalashtirgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar