date
views 45

OpenAI 1,09 mlrd so‘m soliq to‘ladi va TOP-5 ga kirdi

OpenAI 1,09 mlrd so‘m soliq to‘ladi va TOP-5 ga kirdi
OpenAI 2025-yil 8-apreldan boshlab O‘zbekistonda rasmiy soliq to‘lovchi sifatida ro‘yxatdan o‘tdi, deb AiPulatov Telegram kanali xabar berdi. Kompaniya joriy yilning birinchi choragida byudjetga 1,09 milliard so‘m (taxminan $84 000) miqdorida soliq to‘lagan.

O‘zbekistondagi obunachilardan o‘rtacha oylik tushum $236 000 atrofida bo‘lib, ChatGPT ilovasi 2025-yil aprel oyida yuklab olishlar bo‘yicha Android va iOS platformalarida 1-o‘rinni egallagan.

2024-yil davomida O‘zbekistondan ChatGPT saytiga 42,73 milliondan ortiq tashrif amalga oshirilgan. Hozirda oyiga pullik foydalanuvchilar soni taxminan 11 800 nafarni tashkil etadi, umumiy foydalanuvchilar soni esa 230 000 dan 400 000+ gacha deb baholanmoqda.

OpenAI hozirda Apple, Meta, Google va TikTok qatori O‘zbekistondagi TOP-5 eng yirik xorijiy raqamli soliq to‘lovchilar safidan joy oldi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » OpenAI 1,09 mlrd so‘m soliq to‘ladi va TOP-5 ga kirdi