
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan «Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish xalqaro jamg‘armasi ishtirokidagi «O‘zbekistonning sutchilik sohasida qo‘shilgan qiymat zanjirini rivojlantirish (2-bosqich)» loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaror qabul qilindi. Ushbu qaror sutchilik sohasida qo‘shilgan qiymat zanjirini yanada rivojlantirish va aholi farovonligini oshirishga qaratilgan muhim qadamdir.
Qabul qilingan qarorga muvofiq, loyihaning asosiy maqsadlari va vazifalari sifatida quyidagilar belgilandi:
- Jizzax, Qashqadaryo, Sirdaryo, Samarqand va Surxondaryo viloyatlarida 320 ta mahallada sut mahsulotlari ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi 12 mingta aholi va dehqon xo‘jaligiga xizmat ko‘rsatadigan 100 ta zamonaviy sut yig‘ish punktini tashkil etish;
- 865 nafar aholi va dehqon xo‘jaliklariga sut mahsulotlarini qayta ishlash korxonalarini tashkil etish va ularning modernizatsiyasi uchun har biriga 250 ming AQSH dollarigacha imtiyozli kreditlar ajratilishini ta’minlash;
- Sut mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar va sotib oluvchilarni birlashtiruvchi innovatsion Milliy sut mahsulotlari platformasi dasturiy ta’minotini yaratish va ishga tushirish.
Ushbu loyiha 7 yil davomida (2025–2031 yillar) amalga oshiriladi va mazkur sa’y-harakatlar natijasida mamlakat sutchilik sohasi yangi bosqichga ko‘tarilib, aholi bandligi, daromadlari hamda sut mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini oshirish ko‘zda tutilmoqda.
Mutaxassislarning fikricha, bu loyiha sutchilik sohasida zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, mahalliy sut mahsulotlarining ichki va tashqi bozorlardagi raqobatbardoshligini oshirish imkoniyatini beradi.
O‘zbekiston RespublikasiSutchilik SohasiXalqaro HamkorlikSut MahsulotlariZamonaviy TexnologiyalarAholi Farovonligi O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar