
Qozog‘istondan O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari 64,6% ga oshib, 17,15 milliard tenge (459 milliard so‘m)ni tashkil etdi, deb Kursiv.Media xabar berdi. Mart oyida bu ko‘rsatkich 10,42 milliard tenge bo‘lgan.
O‘zbekiston Rossiyadan keyingi ikkinchi o‘rinda turib, eng ko‘p pul oluvchi davlatlardan biriga aylandi.
2025 yil aprel oyida O‘zbekistondan Qozog‘istonga 1,96 milliard tenge (50 milliard so‘m) yuborilgan. Bu mart oyidagi 1,62 milliard tengega nisbatan 21,5% ko‘proqdir.
O‘zbekistonning xorijdan Qozog‘istonga yo‘llangan pul o‘tkazmalari ulushi 9,7% dan 10,2% gacha oshib, mamlakatni Rossiya (25,7%) va AQSh (15,4%)dan keyin uchinchi o‘ringa olib chiqdi.
Bu o‘sish migrantlar faolligi va to‘lov xizmatlariga kirish imkoniyatlarining yaxshilanishi bilan izohlanmoqda. O‘zbekistondan amalga oshirilgan tranzaksiyalar soni ham 2 660 tadan 2 870 taga yetgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar