
Joriy yilning 6 iyun kuni Eron poytaxti Tehron shahrida Eron va O‘zbekiston o‘rtasida tranzit va logistika sohasidagi hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan muhim hujjat — o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi.
Mazkur kelishuv Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti (IHT)ga a’zo davlatlar transport vazirlarining 13-yig‘ilishi doirasida amalga oshdi. Tadbir Tehronda yuqori darajadagi rasmiylar ishtirokida o‘tdi.
Memorandumni Eronning transport va shaharsozlik vaziri Farzona Sodiq, O‘zbekiston transport vaziri Ilhom Mahkamov hamda Eron portlar va dengizchilik tashkiloti rahbari Said Rasuliy imzoladi.
Kelishuvga muvofiq, Eron tomoni O‘zbekistonning xususiy sektori uchun mamlakatdagi strategik ahamiyatga ega bo‘lgan Shahid Raҷaii portida alohida terminal va logistika markazi qurish, hamda investitsiya kiritish bo‘yicha qulay shart-sharoitlar yaratib beradi.
Mazkur hujjat ikki davlat o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalarni yanada mustahkamlash, yuk tashishdagi samaradorlikni oshirish, yangi transport yo‘nalishlari va savdo zanjirlarini faollashtirishda muhim poydevor vazifasini o‘taydi.
Ayniqsa, mazkur memorandum O‘zbekiston tovarlarini xalqaro bozorlarga chiqarishda yanada qulay tranzit imkoniyatlari yaratishi va Janubiy yo‘nalish orqali dengiz portlariga tezkor chiqishni ta’minlashi mumkin.
Mutaxassislar fikriga ko‘ra, bu hamkorlik nafaqat ikki davlat manfaatlariga, balki butun mintaqaviy logistika tizimining rivojiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Foto: Transport vazirligi “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar