7 164
OTB O‘zbekistonda meva-sabzavot etishtirishni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlaydi
Osiyo taraqqiyot banki 28 noyabr kuni O‘zbekistonning barcha 12 viloyati hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasida meva-sabzavot etishtirish sohasida ishlab chiqarish-sotish zanjirini rivojlantirishni rivojlantirishga 154 mln dollar miqdorida kradit ajratilishini tasdiqladi, deya xabar qildi Gazeta.uz.
«OTB ko‘magi meva-sabzavot etishtirish bilan shug‘ullanuvchi fermerlar va meva-sabzavot etishtirish sohasida ishlab chiqarish-sotish zanjiriga jalb qilingan tadbirkorlarning uzoq muddatli moliyaviy manbalar bilan ta’minlanishini kengaytirishga yordam beradi», — qayd etdi OTB Markaziy va G‘arbiy Osiyo Mintaqaviy departamentining tabiiy resurslar va qishloq xo‘jaligi bo‘yicha katta iqtisodchisi Bui Minx Jiap. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu ularga investisiyalarni ko‘paytirish, bandlik darajasini kengaytirish hamda o‘zlari, xodimlari va etkazib beruvchilarining barqaror daromad bilan ta’minlanishga xizmat qiladi.
Rejaga ko‘ra, hukumat OTB qarzini qayta kreditlab, fermerlar va korxonalarga meva-sabzavot etishtirish sohasidagi faoliyatni moliyalashtirish, jumladan ekish materiallari, meva va sabzavotlarni qayta ishlash va saqlash bo‘yicha uskunalar hamda texnik jihozlarni xarid qilish uchun subkreditlar taqdim etiladi.
Loyihada ishtirok etishga sakkizta bank: «Asaka», «Davr-bank», «Hamkorbank», «Ipak yo‘li» banki, «Ipoteka-bank», Milliy bank, «To‘ronbank» va O‘zsanoatqurilish bank qiziqish bildirgan.
Loyiha doirasida fermer va korxonalar biznes-rejalashtirish, agrotexnik usullar va hosildan keyingi tadbirlar hamda eksport bozoriga chiqish uchun zarur ko‘nikmalarni takomillashtirish imkoniyatiga ham ega bo‘ladi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi