date
views 129

Markaziy bank stavkani 14% darajasida qoldirdi

Markaziy bank stavkani 14% darajasida qoldirdi
O‘zbekiston Markaziy banki asosiy foiz stavkasini 14% darajasida qoldirishga qaror qildi, deb upl.uz xabar bermoqda. Ushbu qaror 2025 yil 12 iyun kuni qabul qilingan.

Markaziy bankning izohiga ko‘ra, bu qaror mamlakatda iqtisodiy barqarorlikni saqlash va inflyatsiya bosimini jilovlash uchun zarur bo‘lgan.

So‘nggi oylar ichida iqtisodiy faollik ortmoqda, bu ijobiy holat bo‘lsa-da, iste’mol talabining kuchayishi inflyatsiyani oshiryapti. Bunday vaziyatda asosiy stavkani o‘zgartirmaslik — muhim qaror hisoblanadi.

Bazaviy inflyatsiya darajasi hali ham yuqoriligicha qolmoqda. May oyida umumiy inflyatsiya pasaygan bo‘lsa-da, bu hali ham prognoz ko‘rsatkichlaridan yuqori.

Markaziy bank ushbu stavka orqali kredit berish faolligini mo‘’tadil holatda ushlab turishni, inflyatsion bosimni kamaytirishni va aholi omonatlarini rag‘batlantirishni maqsad qilgan.

Bundan tashqari, 2020 yildan boshlab MB inflyatsiyani tahlil qilish uchun big data texnologiyalaridan ham faol foydalanmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Markaziy bank stavkani 14% darajasida qoldirdi