
Samarqand viloyatida maishiy chiqindilarni poligonda qabul qilish va saqlash narxlari yanada yuqorilashdi. Bu haqda Xalq deputatlari Samarqand viloyati kengashi tomonidan qabul qilingan rasmiy qaror 2025 yil 20 iyun kuni e’lon qilindi.
Unga ko‘ra, endi chiqindi tashlovchi tashkilot va fuqarolar yangi tariflar asosida to‘lov qilishlariga to‘g‘ri keladi. Qaror ilovasida qayd etilishicha, chiqindilarni qabul qilish narxi 1 metr kvadrat uchun QQSsiz 16 433 so‘mni, QQS bilan esa 18 405 so‘mni tashkil etadi.
Shuningdek, 1 tonna chiqindi uchun belgilangan narx QQSsiz 39 886 so‘m, QQS bilan esa 44 672 so‘m qilib belgilangan.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, narxlar inflyatsiya, xizmat ko‘rsatish xarajatlari hamda poligonlar infratuzilmasini yangilash zarurati bilan bog‘liq holda qayta ko‘rib chiqilgan.
Yangi tartib qaror e’lon qilingan kundan boshlab kuchga kirgan bo‘lib, Samarqand viloyatidagi barcha chiqindi tashlovchi subyektlar ushbu tariflarga rioya qilishlari talab etiladi.
Mazkur o‘zgarish aholini chiqindilarni saralab tashlash, qayta ishlashga yo‘naltirish va ekologik madaniyatni oshirish maqsadida amalga oshirilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar