
O‘zbekistonda aholining ichimlik va oqova suv xizmatlaridan qarzdorligi oshib bormoqda. “O‘zsuvta’minot”ning ma’lum qilishicha, 2025 yilning dastlabki yarim yilligida iste’molchilarning umumiy debitor qarzi 794 milliard so‘mga yetgan. Buning 577,5 milliard so‘mi aholi, 216,6 milliard so‘mi esa yuridik shaxslarga to‘g‘ri keladi.
Shunga qaramay, mamlakatda ichimlik suvi bilan qamrab olish darajasi yaxshilanmoqda. Joriy yilda amalga oshirilgan ishlar natijasida aholining markazlashgan ichimlik suviga ulanish ko‘rsatkichi 81,5 foizgacha yetkazildi.
1 iyul holatiga ko‘ra, davlat budjeti hisobiga 544 km ichimlik, 148 km oqova suv tarmoqlari hamda 35 ta ichimlik va 7 ta oqova suv inshootlari qurildi.
Targ‘ibot ishlari va tariflarga kiritilgan o‘zgarishlar tufayli, hisoblagich o‘rnatilgan iste’molchilar soni 248,9 mingtaga oshdi. Bu esa umumiy ta’minot darajasini 82 foizga yetkazdi.
Bundan tashqari, tizimlarda aniqlangan 4 935 ta nosozlik bartaraf etildi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 10 foizga kamaygan. Ya’ni, 362 taga kam muammo qayd etilgan.
Suv ta’minoti tizimlaridagi ishonchlilik va samaradorlik bosqichma-bosqich oshirilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar