date

Rossiya dunyoda to‘rtinchi yirik iqtisodiyot bo‘lib qoldi

Rossiya dunyoda to‘rtinchi yirik iqtisodiyot bo‘lib qoldi
Jahon bankining so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiya 2024 yilda ham dunyodagi eng yirik iqtisodiyotlar beshligidagi o‘rnini saqlab qoldi. Bu ro‘yxat xarid qobiliyati pariteti (XQP) — ya’ni turli davlatlardagi narx darajalari farqini hisobga olgan holda qayta hisoblangan yalpi ichki mahsulot (YAIM) hajmiga asoslanadi.

O‘tgan yilda Rossiya iqtisodiyotining hajmi $6,45 trln.ni tashkil etgan bo‘lsa, joriy yilda bu ko‘rsatkich $6,92 trln.ga yetdi. Shu tariqa, mamlakat Xitoy, AQSH va Hindistondan keyingi to‘rtinchi o‘rinda qolmoqda.

Ro‘yxatda Xitoy birinchi o‘rinni mustahkamlagan — uning YAIM hajmi $38,2 trln.ni tashkil qilgan. Ikkinchi pog‘onada AQSH ($29,2 trln.), uchinchida esa Hindiston ($16,2 trln.) joylashgan.

Rossiyaning eng yaqin ta’qibchisi Yaponiya bo‘lib, uning YAIM hajmi Rossiyanikidan sezilarli darajada kam. Ikki mamlakat o‘rtasidagi iqtisodiy farq 2023 yildagiga nisbatan $514 milliardga oshgan.

Muttaxassislarning ta’kidlashicha, Rossiya iqtisodiyotidagi barqarorlik ham ichki, ham tashqi bozorlarga moslashish qobiliyati bilan izohlanadi. Bu holat mamlakatni global iqtisodiy maydonda muhim o‘yinchi sifatida saqlab qolmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Rossiya dunyoda to‘rtinchi yirik iqtisodiyot bo‘lib qoldi