O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan e’lon qilingan oltin quymalarning kunlik sotuv narxlari bo‘yicha monitoring natijalari shuni ko‘rsatmoqdaki, 2025-yil avgust oyining 3-ish haftasida oltin narxi tushish tendensiyasini namoyon etdi. Haftalik tahlilga ko‘ra, bir gramm oltin narxi umumiy hisobda 17 000 so‘mga arzonlashdi. Bu esa eng kichik 5 grammlik oltin quymaning narxi 85 000 so‘mga arzonlashganini ko‘rsatadi.
Kunlik o‘zgarishlar quyidagicha bo‘ldi (1 gramm oltin uchun):
Mutaxassislarining fikricha, global geosiyosiy vaziyatlar, xalqaro moliya bozorlaridagi o‘zgarishlar va valyuta kurslarining tebranishi O‘zbekiston oltin narxlariga ham bevosita ta’sir ko‘rsatmoqda. Shuningdek, aholining investitsion maqsadlarda oltin quymalarini xarid qilishga bo‘lgan qiziqishi narxlarga qo‘shimcha bosim sifatida ta’sir qilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!