O‘zbekiston fond bozorida “Hamkorbank” aksiyalari bir hafta ichida 32% ga qimmatlashdi, deb Kursiv.media xabar berdi. Bank qimmatli qog‘ozlari investorlar orasida yuqori talabga ega bo‘ldi.
Mutaxassislar bu o‘sishni bozordagi faol savdolar va bankning moliyaviy ko‘rsatkichlariga bog‘lashmoqda. So‘nggi oylarda bankning daromadlari barqaror o‘sish yo‘nalishini ko‘rsatgan.
Analitiklar fikricha, aksiyalarning o‘sishi yaqin vaqt ichida ham davom etishi mumkin. Shu bilan birga, ular investorlarga ehtiyotkorlik bilan qaror qabul qilishni tavsiya etmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar