O‘zbekiston iqtisodiyotida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan mehnat muhojirlarining pul o‘tkazmalari 2024 yilning ikkinchi choragida sezilarli darajada o‘sdi. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, aprel–iyun oylari davomida yurtimizga jami 4,8 milliard AQSH dollari miqdorida mablag‘ yo‘naltirilgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan qariyb chorakka — 21,4 foizga ko‘pdir.
Joriy yilning birinchi yarim yillik natijalariga nazar tashlasak, umumiy o‘tkazmalar hajmi 8,2 milliard dollarga yetdi. Bu esa 2023 yilning shu davriga nisbatan 27 foiz o‘sishni anglatadi. Ta’kidlash joizki, mehnat muhojirlari pul o‘tkazmalari O‘zbekiston iqtisodiy barqarorligini ta’minlashda muhim manba sifatida namoyon bo‘lmoqda.
Manbalarga ko‘ra, Rossiya hanuz yetakchi o‘rinni saqlab turibdi. Faqatgina shu mamlakatdan yurtimizga 6,4 milliard dollar yo‘naltirilgan bo‘lib, bu umumiy hajmning 78 foizini tashkil etadi. Shu bilan birga, Litva, Latviya va Estoniya kabi Baltiya davlatlaridan kelgan pul o‘tkazmalari ikkinchi chorakda keskin — 65,6 foizga o‘sdi.
AQSHdan kelgan mablag‘lar 10,3 foizga ko‘paydi, Yevropa davlatlaridan — 26,9 foizga, Rossiyadan esa 23,7 foizga o‘sish qayd etildi. Biroq, mazkur yo‘nalishlardagi o‘sish sur’ati avvalgi yillarga nisbatan sekinlashgani ham qayd etildi. Shuningdek, Osiyo davlatlaridan yo‘naltirilayotgan mablag‘lar barqaror holatda qolmoqda — o‘sish 19 foizni tashkil etdi.
Markaziy bank mutasaddilariga ko‘ra, bu o‘sishning asosiy sabablari valyutalar kursining nisbatan barqarorligi, mehnat muhojirlari faoliyat yuritayotgan davlatlarda ish haqining ko‘tarilishi hamda yuqori iqtisodiy faollik bilan bog‘liq. Shuningdek, muhojirlik yo‘nalishlari geografiyasi diversifikatsiyasi, ya’ni yangi davlatlardan pul o‘tkazmalari soni ortishi ham muhim omil sifatida qayd etilmoqda.
O‘zbekistonga mehnat muhojirlari pul o‘tkazmalari keskin oshdi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar