date

Avgust oyida inflyatsiya 0,4 foizga o‘sdi, asosiy sabablar aniq

Avgust oyida inflyatsiya 0,4 foizga o‘sdi, asosiy sabablar aniq

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yilning avgust oyida iste’mol sektoridagi tovarlar va xizmatlar narxlari o‘rtacha 0,4 foizga oshdi.

Yillik iste’mol narxlari indeksi (INI) 108,8 foizni tashkil etib, o‘tgan yilning shu oyiga (2024 yil avgust — 110,5 foiz) nisbatan 1,7 foiz bandga pasaydi.

Avgust oyida oziq-ovqat mahsulotlari narxlari o‘rtacha 0,6 foizga, nooziq-ovqat tovarlari 0,3 foizga hamda aholiga ko‘rsatiladigan pullik xizmatlar esa 0,3 foizga qimmatlashgani kuzatildi.

Asosiy oziq-ovqat mahsulotlaridan tarvuz (28,7 foiz), qovun (11,7 foiz), karam (11,4 foiz), kartoshka (3,5 foiz), tuxum (2,7 foiz), parranda go‘shti (1,9 foiz), paxta moyi (1,6 foiz), qo‘y go‘shti (1,4 foiz) hamda mol go‘shti (0,2 foiz) narxlarining oshishi inflyatsiyaga asosiy ta’sir ko‘rsatdi.

Shuningdek, nooziq-ovqat mahsulotlar narxlaridan benzin (3,1 foiz) va sement (0,8 foiz), xizmatlar tariflarida esa huquqiy xizmatlar (9,9 foiz), maishiy chiqindi uchun haq (3,0 foiz) va erkaklar hamda o‘g‘il bolalar uchun sartaroshxona xizmatlari (1,0 foiz) narxlarining ko‘tarilishi inflyatsiyaga oshishiga muhim sabab bo‘ldi.

Hisob-kitoblar uchun 10 mingdan ortiq savdo va xizmat ko‘rsatish nuqtalarida 170 mingga yaqin narxlar qayd etilgan. 420 turdagi oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlari hamda 90 turdagi xizmatlar narxlari kuzatildi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Avgust oyida inflyatsiya 0,4 foizga o‘sdi, asosiy sabablar aniq