date

O‘zbekneftgaz AI-80 sotishni to‘xtatdi, AI-92 hajmi oshirildi

O‘zbekneftgaz AI-80 sotishni to‘xtatdi, AI-92 hajmi oshirildi

“O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati 2-sentyabrdan boshlab AI-80 markali avtobenzinni birja orqali sotishni to‘xtatgani haqida ma’lum qildi. Kompaniya matbuot xizmati bayonotida ta’kidlanishicha, bu qaror 2025-yilga mo‘ljallangan davlat dasturi doirasidagi Prezident farmoni ijrosi bilan bevosita bog‘liq.

Ma’lumotlarga ko‘ra, shu kundan e’tiboran AI-80 turidagi yoqilg‘i birja savdolariga qo‘yilmaydi. Ammo buning o‘rniga, AI-92 markasidagi benzin hajmlari keskin ko‘paytirildi. Agar avval savdolarga 1000 tonna AI-92 chiqarilgan bo‘lsa, hozirgi paytda bu ko‘rsatkich 1720 tonnadan oshdi. Kompaniya ichki bozor ehtiyojini hisobga olgan holda hajmlarni yanada ko‘paytirish imkoniyati mavjudligini ma’lum qildi.

Shu bilan birga, avgust oyida tadbirkorlar tomonidan sotib olingan AI-80 markali benzin hajmlari sentyabr oyida ham o‘z egalariga yetkazilishi kafolatlandi. Bu yetkazib berish jarayonlari majburiyatlar va amaldagi qoldiqlar doirasida amalga oshiriladi.

Mutasaddilarning ta’kidlashicha, bunday choralar bozordagi talab va taklif muvozanatini saqlash, aholi hamda biznes subyektlarini sifatli yoqilg‘i bilan ta’minlash uchun joriy etilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » O‘zbekneftgaz AI-80 sotishni to‘xtatdi, AI-92 hajmi oshirildi