Yaponiya hukumati malakali xorijiy ishchilarga maxsus iqtisodiy zonalarning qishloq xo‘jaligi sektorida mehnat qilish imkonini beradi. Bu fermer xo‘jaliklaridagi ishchi kuchining etishmovchiligi bilan bog‘liq, deb ma’lum qildi Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe milliy strategik maxsus zonalar masalalari bo‘yicha maslahatlashuv kengashi yig‘ilishida. Bu haqda Japan Times'ga asoslanib Kun.uz sayti xabar bermoqda.
Taklif cheklangan: ular bir qator talablarga javob beruvchi nomzodlarga taqdim etiladi. Buning uchun o‘z mamlakatida qishloq xo‘jaligi sohasida universitet darajasida ta’lim olgan bo‘linishi va yapon tilida muloqot qila bilish talab etiladi. Maxsus zonalardagi ish beruvchilar xorijiy ishchilarga yaponlarga xuddi shu mehnat uchun to‘laydigan mablag‘ni berishlari lozim.
Bu yangilik 1993 yilda amalga joriy etilgan tizimdan chekinish demakdir. U rivojlanayotgan davlatlardan bo‘lgan malakasiz ishchilarga qishloq xo‘jaligi va boshqa sohalarda mehnat qilish imkonini bergan. Bunday tizim ishchi kuchining arzonlashtirish usuli sifatida jiddiy tanqid ostiga olingan.
Maxsus strategik zonalar esa o‘z oldiga Akita, Ibaraki, Aiti va Nagasaki prefekturalaridagi fermalarga malakali ishchilarni jalb qilishni maqsad qilib qo‘ygan. Hududiy tiklanish vaziri Kodzo Yamamotoning jurnalistlarga xabar berishicha, hukumat endilikda yangi tizimni yaxshilash uchun ish olib boradi. Bu maxsus strategik zonalar haqidagi qonunchilikka qo‘shimchalar kiritishni ko‘zda tutadi.
Hukumat ma’lumotlariga ko‘ra, 2015 yilda fermerlik bilan shug‘ullangan 2,10 million kishi 65 yoshdan katta bo‘lgan.
Bundan tashqari, yig‘ilishda hukumat maxsus strategik zonalarda bolalarni parvarish qilish bo‘yicha kichik markazlarga 5 yoshgacha bo‘lgan bolalarga qarash imkonini berishga ham qaror qildi. Bu kichik yoshdagi bolalarning ota-onalariga ishga qaytish imkonini beradi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi