
Amazon kompaniyasi tovarlarni saqlash va etkazib berish tizimiga patent arizasini topshirdi. Yangi tizimda dirijabllar va uchuvchisiz qurilmalar qo‘llaniladi. Bu haqda Kun.uz sayti xabar berdi.
Amazon dirijabllardan muayyan hududlarga jo‘natiluvchi u yoki bu tovarlarni saqlovchi ombor sifatida foydalanmoqchi. Uchuvchisiz qurilmalar esa bevosita xaridorlarning o‘ziga mahsulotni etkazib beradi. Bunday tizim tovar etkazib berish vaqtini keskin kamaytiradi.

Dekabr oyi boshida Amazon birinchi marta uchuvchisiz qurilma yordamida xaridorga tovarni etkazib berdi. Buyuk Britaniyada yashovchi mijoz televizion pristavka va pop-korn buyurtma qilgandi. Kompaniyada ta’kidlanishicha, u buyurtma rasmiylashtirilgandan 13 daqiqa o‘tib tovarni qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘lgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.