6 595
Ronaldu Evropaning eng ko‘p haq to‘lanadigan yulduzlari reytingida ikkinchi o‘rinni egalladi
AQShning Forbes jurnali Evropaning eng yuqori haq to‘lanuvchi yulduzlari reytingini tuzdi. Gastrollar va reklama shartnomalari bo‘yicha 110 million dollar ishlab topgan One Direction guruhi (Britaniya) reyting boshiga keldi, deb xabar beradi «Daryo» nashri.
Ikkinchi o‘rinni Krishtianu Ronaldu egalladi — «Real» yulduzining daromadi 88 million dollarni tashkil qildi. Uchlikka esa 80,5 million dollar ko‘rsatkich bilan xonanda Adel yakun yasadi.
Keyingi pog‘onalarni shveysariyalik tennischi Rojer Federer (68 million dollar), Britaniyaning The Rolling Stones guruhi (66,5 million dollar) shotlandiyalik dijey Kelvin Xarris (63 million dollar) zabt etdi.
Bundan tashqari, birinchi o‘nlikka Britaniyaning The Beatles guruhi sobiq yakkaxoni Pol Makkartni (56 million dollar), serbiyalik tennischi Novak Jokovich (56 million dollar), Irlandiyaning U2 guruhi (55 million dollar) hamda britaniyalik oshpaz Gordon Ramzi (54 million dollar) kirdi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi