date

Bitiruvchilarni ishga olishga imtiyozli kreditlar boshlandi


O‘zbekistonda bitiruvchilarni ish bilan ta’minlashni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yangi dastur ishga tushirildi. Endilikda tadbirkorlar oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarini ishga qabul qilgan holda imtiyozli kredit olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev qarorida tegishli o‘zgartirishlar kiritilgan. Kompaniyalar 7 yil muddatga, 2 yil imtiyozli davr bilan, 5 milliard so‘mgacha kredit olish uchun murojaat qilishlari mumkin.

Har bir olingan milliard so‘m evaziga tadbirkor bir nafar yosh mutaxassisni ish bilan ta’minlash majburiyatini oladi. Kreditning foiz stavkasi Markaziy bankning asosiy stavkasidan 4 foiz punktdan oshmasligi belgilangan.

Mablag‘lar asosiy vositalarni xarid qilish yoki aylanma mablag‘larni to‘ldirishga yo‘naltirilishi mumkin. Dastur doirasida himoya mexanizmlari ham joriy etilgan: agar ish beruvchi bitiruvchini ikki yil ichida ishdan bo‘shatsa, kredit stavkasi tijorat stavkasigacha oshadi.

Bundan qochish uchun bir oy ichida boshqa bitiruvchini ishga qabul qilish talab qilinadi. Bundan tashqari, bitiruvchilar uchun startap loyihalar tanlovi o‘tkaziladi.

G‘oliblarga o‘z g‘oyalarini amalga oshirish uchun 1 milliard so‘mgacha grantlar ajratiladi. Bunda ular kamida ikki nafar boshqa yosh mutaxassisni ish bilan ta’minlashlari shart bo‘ladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Bitiruvchilarni ishga olishga imtiyozli kreditlar boshlandi