date

2026 yildan go‘sht importi ruxsatlari tezlashadi


O‘zbekiston hukumati 31-oktabrda qabul qilingan qarorga muvofiq, go‘sht va chorvachilik mahsulotlarini import qilish qoidalarini qayta ko‘rib chiqmoqda. O‘zgarishlar mamlakat oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlash va veterinariya nazoratini yanada shaffof qilishga yo‘naltirilgan.

2026-yildan boshlab veterinariya ruxsatnomalari va sertifikatlarini ko‘rib chiqish muddati ikki baravar tezlashtiriladi. Jarayon nazoratni optimallashtirish maqsadida xavf tahlili tizimiga asoslanadi.

Hali rasmiy xorijiy eksportchilar reyestriga kirmagan korxonalar bir yil muddatga vaqtinchalik import ruxsatnomalarini olish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bunday holatlar ro‘yxatini Respublika oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash komissiyasi belgilaydi.

Mahsulotlar faqat Jahon hayvonlar salomatligini saqlash tashkiloti (WOAH) tomonidan hayvonlar kasalliklaridan xoli deb e’tirof etilgan davlatlardan import qilinadi. Shuningdek, hukumat bozorni demonopolizatsiya qilish choralarini ko‘radi: Bosh prokuratura va Raqobat qo‘mitasi xorijiy eksportchilar reyestrini o‘rganib, ularning mahalliy importchilar ustidan hukmron mavqega ega bo‘lishining oldini olish chorasini ko‘radi.

Biznes muammolarini tezkor hal qilish uchun Biznes-ombudsman idorasi qoshida “qaynoq liniya” ishga tushiriladi. Bundan tashqari, idoralararo ishchi guruh tashkil etiladi.

Mahalliy hokimliklarga oziq-ovqat zaxiralarini ta’minlash uchun muzlatkich omborlari ro‘yxatini tuzish vazifasi yuklatilgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » 2026 yildan go‘sht importi ruxsatlari tezlashadi