Amerikaning tez ovqatlanish muassasalari tarmog‘i hisoblangan McDonald’s Xitoydagi restoranlarining 80 foizini sotishga qaror qildi. Kompaniya Xitoy va Honkongdagi biznesining 80 foizini Citic va Carlyle Group kabilardan tarkib topgan konsorsiumga sotish bo‘yicha kelishuvni imzoladi. Bu haqda manbalarga asoslanib Kun.uz sayti xabar bermoqda.
Citic Limited, Sitic Capital Holdings, The Carlyle Group va McDonald's Corporation hamkorlikda Xitoy va Honkong hududida franchayzer vazifasini bajaruvchi kompaniyasiga asos soladi. Bu maqsadni amalga oshirish uchun 20 yil muddat ajratilgan. Citic biznesning 52 foiziga egalik qiladi, Carlyle — 28 foiz ulushga ega bo‘ladi. McDonald's 20 foiz aksiyalarni o‘zida saqlab qoladi.
Bitim qiymati 2,08 mlrd dollarni tashkil etadi. McDonald's Xitoyda sifatsiz mahsulotlardan foydalanilganiga oid mojarolardan so‘ng, Morgan Stanley bankiga murojaat qilib, Xitoy, Honkong va Janubiy Koreyadagi 2,8 ming restoranini sotishda amaliy yordam so‘ragan edi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”